GURLAN TUMANIDA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI KENG NISHONLANDI

Mamlakatimizda noyabrь oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinadi. Shu munosabat bilan  Gurlan tumanida sog'liqni saqlash  tizimida faoliyat yuritayotgan soha vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Murodjon Achilov, sektor rahbarlari hamda sohada ko'p yillar samarali mehnat qilgan faxriylar va  tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida tuman hokimi tibbiyot xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, o'z ishini sidqidildan bajarib, ertayu kech tinim bilmay mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarining insonlar salomatligini asrashdek mashaqqatli  va mas'uliyatli ishlarida omadlar tiladi.

Shundan so'ng, sohaning bir guruh fidoyi xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi.

 Bayram tadbiriga taklif etilgan xonandalar tomonidan ijro qilingan kuy-qo'shiqlar tadbirga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 13, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 694 marta