GURLAN TUMANIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA BEPUL TUSHLIK YETKAZIB BERILMOQDA
Xabaringiz bor, Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida«gi Farmonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 2022-yil 1-apreldan boshlab bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini joriy etish belgilab qo‘yilgan edi.
Gurlan tumanida ham tajriba sinov tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sog‘lom ovqatlantirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida keytering usulida bepul ovqat yetkazib berish boshlandi.
Keytering usulida ovqatlanishni tashkil etishda, avvalambor, bolalar kunlik ratsionlarida talab qilinadigan 470-500 kkaloriyaga ega bo‘lgan ovqat, tabiiy sok va meva mahsulotlari bilan ta’minlanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari o‘quvchilarga sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda katta tanaffus vaqtida tarqatilmoqda.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 628 marta