GURLAN TUMANIDA “HARBIY VATANPARVARLIK FESTIVALI” BO'LIB O'TDI
Bugun Gurlan tumani 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Harbiy vatanparvarlik festivali” o'tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Murodjon Achilov so'zga chiqib, har bir yosh avlod mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni har tomonlama qo'llab-quvvvatlash, vatanimizning ravnaqiga xizmat qilish muqaddas burch ekanligini hamda Vatan ravnaqi, yurt kelajagi, istiqboli, el-yurtning ozodligi va mustaqilligi uchun o'zining munosib hissasini qo'shmog'i lozim ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Festivalda harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, faxriy qorovulning ko'rgazmali chiqishlari, qo'l jangi namoyishlari, ayniqsa, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan tanishuv jarayonlari yoshlarda o'zgacha taassurot qoldirdi.
Shuningdek, festival doirasida sport musobaqalarida faol ishtirok qilgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 719 marta