GURLAN TUMANI FUQAROLARI DIQQATIGA!!!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5072-son hamda PQ-5250-son qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida tumanimizda 2022-yil fevral oyida bo'lib o'tgan tashabbusli budjet jarayoni uchun fuqarolar tashabbusi jamg'armasiga 5047.8 mln. so'm, jumladan mahalliy byudjet parametrining 5 % ning teng yarmi 3716.1 mln so'm, 2022-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag'larining 30% ya'ni 1331.7 mln. so'm hamda fuqarolar tashabbusi jamg'armasidagi yil boshiga qoldiq summa 702.7 mln so'm bo'lib, jami 5750.5 mln so'm o'tkazib berildi. Ushbu mablag'lar 2022-yil mart oyida openbudget.uz saytiga kiritilgan va ovoz berish yakunida g'olib deb topilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Hozirda tashabbusli budjet jarayonining 3-bosqichi davom etmoqda hamda ushbu bosqich 2022-yilning 1-aprel sanasiga qadar davom etadi. Openbudget.uz sayti orqali o'zingizga ma'qul bo'lgan taklifni qo'llab-quvvatlash uchun ovoz bering.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 619 marta