GURLAN TUMAN HOKIMLIGI TOMONIDAN BIR GURUH HARBIY XIZMATCHILAR TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar taqdirlandi.
Tantanali tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov, tuman Mudofaa bo‘limi xodimlari hamda harbiy xizmatchilari, tuman Xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli umumtaʼlim muassasalarining chaqiriqgacha yoshlarni tayyorlash fan rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov so‘zga chiqib, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha vatan uchun fidokorona xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilarni samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, o‘z sohasida sadoqat, matonat, fidoyilik ko‘rsatgan faol xodimlarga tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari, faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 632 marta