G'alla o'rimi: puxta tayyorgarlik mo'l hosil garovi

Gurlan tumanida g‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish hamda don mahsulotlari korxonalarini transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirishga doir ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.


Seminar yig‘ilishida tuman hokimi Murodjon Achilov, sektor rahbarlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminarda tuman hokimi hamda soha mutaxassislari tomonidan joriy yilda fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan yetishtirilgan hosilni xarid qilish tizimidagi yangiliklar, g‘alla hosilini davlat zaxirasiga qabul qilish, birja savdolariga chiqarish mamlakatimiz Prezidentining 2021-yil 15-noyabrdagi “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.


Ko‘rgazmali seminarning ikkinchi qismida dehqonchilikda dala madaniyatini shakllantirish, g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, tomchilatib sug‘orishni tashkil etish masalalari bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalari berildi.

Shuningdek, paxta dalalari atroflariga poliz, sabzavot ekinlarini ekish va ariq yoqalariga tut, terak qalamchalarini o‘tqazish orqali har bir qarich yerdan unumli foydalangan holda daromad olish bo‘yicha ham qator takliflar muhokama qilindi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 25, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 608 marta