Fuqarolar qabuli

Bugun Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Tlavov, idora va tashkilot rahbarlari ishtirok qildilar.

Qabulda 35 nafar fuqaro o‘z muammolari bilan murojaat qildi. Ulardan:

Ishga joylashish masalasida - 6 ta;
Moddiy yordam masalasida -8 ta;
Davolanish masalasida – 11 ta;
Uy-joy olish,chegaralash hamda hujjatlashtirish masalalarida – 6 ta;
Boshqa masalalar yuzasidan -4 ta murojaat tinglandi.

Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, 8 tasi joyida hal qilindi. 13 ta murojaat yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 14 ta o‘rganish va muddat talab qiladigan masalalarni hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 20, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 655 marta