FUQAROLAR QABULI 

Bugun Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Tlavov, idora va tashkilot rahbarlari ishtirok qildilar.

Qabulda 34 nafar fuqaro o‘z muammolari bilan murojaat qildi. Ulardan:

Ishga joylashish masalasida - 7 ta;
Moddiy yordam masalasida -6 ta;
Davolanish masalasida – 5 ta;
Uy-joy olish,chegaralash hamda hujjatlashtirish masalalarida – 10 ta;
 Boshqa masalalar yuzasidan -6 ta murojaat tinglandi.

Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, 11 tasi joyida hal qilindi. 13 ta murojaat yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 10 ta o‘rganish va muddat talab qiladigan masalalarni hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

Eslatib o‘tamiz, Gurlan tuman hokimi Murodjon Achilovning fuqarolar qabuli tuman Xalq qabulxonasida har hafta chorshanba kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Fevral 02, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 629 marta