FUQAROLAR QABULI

Bugun Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Tlavov, idora va tashkilot rahbarlari ishtirok qildilar.

Qabul jarayonida fuqarolar o‘zlaridagi mavjud masala va muammolar yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishdi.

Mazkur qabulda ishtirok etgan fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganilib, mutasaddilar tomonidan qanoatlantirildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

O‘tkazilgan fuqarolar qabulida uy-joyni ta’mirlash, yer ajratish, kredit olish, ish bilan band qilish, qurilish va boshqa  masalalar bo‘yicha murojaatlar qilindi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 22, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 773 marta