FERMER XO'JALIKLARI RAHBARLARI VA MAXALLA RAISLARI UCHUN SEMINAR
Joriy yilning 2 sentyabr kuni O'zbekistan Respublikasi Bosh Vaziri o'rinbosari Shuhrat G'aniyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarni to'g'ri tashkil etish bo'yicha topshiriqlar bergan edi.
Bugun Gurlan tumanida fermer xo'jalik rahbarlari va mahalla raislari uchun seminar tashkil qilindi. Seminarda tuman hokimi Murodjon Achilov va sohada ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan 2021 paxta hosilini uyushqoqlik bilan nest-nobud qilmasdan o'z vaqtida va sifatli yig'ib olish hamda g'o'za defoliatsiyasini o'z muddatida yakunlash bo'yicha tushuntirish berdilar.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 842 marta