FARZAND ENDI ONASI BAG'RIDA ULG'AYADI
Gurlan tumanida yashovchi fuqaro D.Y. oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o'rtog'i E.Z. ning uyidan ketishga majbur bo'lgan. Biroq voyaga yetmagan 2018 yilda tug'ilgan farzandi Sh.D.ni olib ketolmagach, sudga murojaat qilgan.
Byuroning Gurlan tuman bo'limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo'yicha Bog'ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan voyaga yetmagan 2018 yilda tug'ilgan farzandini tarbiyasiga olib berish to'g'risidagi ijro hujjati bo'lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga voyaga yetmagan bolasini onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to'g'risida ogoxlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor farzandlarini onasiga berishdan bosh tortgan. Shunga ko'ra davlat ijrochilari tegishli organlar va xolislar ishtirokida voyaga yetmagan bola onasi tarbiyasiga olib berilishi ta'minlandi.
Majburiy ijro byurosi Gurlan tuman bo'limi davlat ijrochisi B.Kallixanov
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 902 marta