EKOPARTIYA RAHBARI GURLAN TUMANIDA
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida O'zbekiston Ekologik partiyasi raisi Narzullo Oblomurodov Gurlan tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tuman hokimi Murodjon Achilov, sektor rahbarlari hamda mas'ul tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, ko'chat ekish bo'yicha “Dolzarb 40 kunlik” doirasida “Urganch-Gurlan-Mang'it” avtomobilь yo'li va Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'i hududidagi ko'kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, mas'ullarga aholi uchun qulayliklar yaratish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi.
Shuningdek, mehmonlar tumandagi “Vatanparvar” mahallasida yashovchi 85 yoshli onaxon Eshimmetova Enajon xonadonida bo'lib, ularning holidan xabar oldilar. Onaxonning tomorqa yeriga turli xil mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekishda bevosita ishtirok qildilar hamda ularning duolarini oldilar.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 826 marta