E'lon

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlari davom etmoqda.
Xorazm viloyatida joylashgan Agentlik tizimidagi:
- Xiva Prezident maktabiga 5-sinfga;
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 7-sinfga hamda 8-9-10-sinflarga;
- Viloyatimiz shahar va tumanlarida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinf, tabiiy fanlar yo'nalishiga esa 7-11-sinfga qabul bo'lib o'tadi.
Shoshiling, hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn tarzda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Agar farzandingiz kelajagiga befarq bo‘lmasangiz, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim olishini, barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlarga ega ta’lim muassasalarida o‘qishini istasangiz qabul jarayonlarini o‘tkazib yubormang!
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 687 marta