Diqqat e'lon!

“Gurlan” gaz taqsimlash stansiyasidan gaz keltiruvchi yuqori bosimli yer usti gaz quvurining Chinobod mahallasi hududidan oʻtuvchi qismida elektron gaz hisoblagich oʻlchash uzelini oʻrnatish ishlari bajarilishi sababli Gurlan tumanining barcha mahallalariga 22-noyabr kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatilishini ma’lum qilamiz.

Jumladan:
Aholi xonadonlari soni – 13 955 ta
Ulgurji iste’molchilari soni – 386 ta

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

 

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


Noyabr 21, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 94 marta