Diqqat e'lon!

Gurlan tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida:
Tumanda 2023-yil hosilidan urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha tender tanlovi o‘tkaziladi.
Tender tanlovida qatnashuvchi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan 2022-yil 15-iyuldan boshlab tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida arizalar qabul qilinadi.
Bug‘doyning super elita, elita va keyingi avlodlaridan urug‘lik etishtirish va sotish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
1. Tanlov komissiyasiga ariza;
2. Xo‘jalikning yer unumdorligi to‘g‘risida tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limidan ma‘lumotnoma;
3. Xo‘jalikning suv ta‘minoti, yerlarning sho‘rlanish darajasi to‘g‘risida tuman melioratsiya bo‘limi tomonidan ma‘lumotnoma;
4. Xo‘jalik rahbarining ma‘lumoti va mutaxassisligi to‘g‘risidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjat nusxasi;
5. Xo‘jalikda texnika vositalarining texnik pasportlaridan ko‘chirma;
6. Mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
7. Fermer xo‘jaligining hisob varaqasidagi majburiyatlardan ozod mavjud pul mablag‘i yoki mol-mulkning bahosi va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat;
8. Tuman statistika bo‘limidan so‘nggi 3 yil davomida g‘alla sotish bo‘yicha shartnomalarning bajarganligi to‘g‘risida ma‘lumot.
Murojaat uchun: Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi telefon raqamlari:
62-36-52-716, 99-093-47-27
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 695 marta