Diqqat e'lon!
Urug‘lik paxta xomashyosi va boshqa urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi urug‘chilikka ixtisoslashgan sub’ekt rahbarlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2025-yil hosilidan tumanning urug‘chilikka ixtisoslashtirilgan hududlarida original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok qilish istagida bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari 2025-yil 15-yanvardan 5-fevralgacha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Talabgorlardan arizalarni qabul qilish 2025-yil 5-fevral kuni soat 18:00 dan to‘xtatiladi.
Manzil: Gurlan tumani kengashlar uyi binosining 1-qavatida Qishloq xo‘jaligi bo‘limida.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 99-561-07-63 va 97-500-61-11 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 73 marta