Diqqat e'lon!

Gurlan tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 16-sonli va 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilinadi.

Tashkilot direktori lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va malaka talablariga javob beradigan fuqarolar nomzod sifatida ishtirok etishi mumkin.

Tashkilot direktori lavozimi uchun malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi maktabgacha taʼlim yoʻnalishidagi oliy pedagogik maʼlumot (nomutaxassis va nopedagog oliy maʼlumotli kadrlar maktabgacha taʼlim yoʻnalishidagi kasbiy qayta tayyorlash kursini tamomlagan boʻlishi lozim);

uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji;

taʼlim sohasida ishlagan, zamonaviy bilim va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega mustaqil fikrlaydigan hamda menejerlik qobiliyatiga ega boʻlishi talab etiladi.

Vakant direktor lavozimlari boʻyicha  nomzodlarning hujjatlari 2024-yil 18-noyabr kuni soat 18-00 ga qadar Gurlan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo ‘limi Inson resurslarini boshqarish shoʻbasida qabul qilinadi.

Murojaat uchun Tel:+99897-528-01-15


Noyabr 16, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 77 marta