Diqqat e'lon!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi Qarori qabul qilingan.
Shu munosabat bilan mazkur qaror va uning Gurlan tumanidagi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 25-iyul kuniga qadar hujjatlarni qabul qilish davom etadi.
Shundan kelib chiqqan holda koʻrik-tanlovda ishtirok etishni hohlagan barcha ishtirokchilar, ariza va hujjatlar yigʻma jildini xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga taqdim etishlari mumkin.
Koʻrik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
- Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi;
- Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti;
- Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti;
- Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro;
- Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik
Maʼlumot uchun tel: 62-365-25-70
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 141 marta