DXX kubogi uchun yangi mavsumning tuman saralash bosqichiga start berildi

 

Ma’lumki yurtimizdagi barcha mahalla yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Gurlan tumani yoshlarining ham ushbu musobaqa bosh sovrini uchun muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida tuman hududida joylashgan 50 ta mahalla yoshlari o‘rtasida futbol musobaqasining tuman saralash bosqichiga start berildi.

Gurlan sport majmuasida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida tuman hokimi Ruslan O'razbayev,  hamkor tashkilot mutasaddilari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok qildi.

Musobaqa oldidan qur’a tashlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi va tuman hokimi yosh sportchilarga ushbu bahslarda muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, ochilish marosimida yoshlar uchun katta gala-konsert ham bo‘lib o‘tdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 23, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 22 marta