DIQQAT EʼLON!

Urganch va Xiva shaharlari, Bogʻot, Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp, Xonqa, Shovot tumanlarida subsidiya uchun arizalarni qabul qilish toʻxtatildi.

Maʼlumki, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan fuqarolarga subsidiya ajratilib kelinadi. 

Urganch va Xiva shaharlari, Bogʻot, Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp, Xonqa, Shovot tumanlari uchun tasdiqlangan manzilli dasturga asosan belgilangan  subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining ijobiy xulosalari berildi. 

❗️Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 45-bandiga asosan (https://www.lex.uz/docs/4774086), subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyalarning taqdimnomasiga koʻra, subsidiya uchun arizalarni qabul qilish toʻxtatildi.


Noyabr 09, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 705 marta