DAVLAT XAVFSIZLIGI XIZMATI KUBOGI TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvaridagi PQ-92-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Gurlan tumanida uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, yoshlar va fuqarolarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sportning "Harbiy amaliy ko‘p kurash" sport turini rivojlantirish hamda ommalashtirish va eng kuchli sportchilarni aniqlash maqsadida Xorazm viloyati Davlat xavfsizligi xizmati kubogi tuman bosqichi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqalarda mahallalardan 18-30 yoshgacha bo‘lgan 200 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar ishtirok qilishdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda yoshlar sportning yugurish, pnevmatik quroldan o‘q otish, armrestling, tosh ko‘tarish, turnikda tortilish va arqon tortish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok qilishdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan I-II-III-darajali diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Fevral 11, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 632 marta