Chorshanba — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni!
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, Gurlan tumanida yozgi bolalar oromgohlarida tarbiyachilar hamda bolajonlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil qilindi. Joylarda "Suvda baxtsiz xodisalaring oldini olish oyliklari" doirasida reyd tadbirlari o‘tkazilib, yoshlarga taqiqlangan ochiq suv havzalarida cho‘milish mumkin emasligi tushuntirilib, suv havzalari bo‘ylariga cho‘milish taqiqlanadi belgilari o‘rnatildi.
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 568 marta