Chet eldan qaytgan fuqarolarga yer maydonlari ajratib berilmoqda

Gurlan tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda ularning daromad manbaini oshirishga qaratilgan tadbirlar keng amaliyogta tadbiq etilib, tumanda “Ayollar daftari", "Temir daftar" va Yoshlar daftari" da ro‘yxatda turuvchi hamda chet eldan qaytgan fuqarolarga yer maydonlari ajratib berish ishlari davom etmoqda. 

Jumladan: fermer xo‘jaliklarning g‘alla va ertagi ekinlardan bo‘shaydigan maydonlardan takroriy ekinlarni ekish bo‘yicha tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hokim yordamchilari hamda mahalla fuqaro yig‘ini bilan birgalikda Amudaryo hududidagi “Fayzulla Xo'janiyoz” fermer xo‘jaligida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tumandagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida fermer xo‘jaligi tomonidan 4 nafar ishsizlarga 30 sotixdan yer maydoni ajratildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 22, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 154 marta