Bugun fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Gurlan tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Ruslan O‘razbayevning fuqarolar bilan qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda sektor rahbarlari hamda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, uy-joy olish uchun subsidiya olish, tibbiy xizmat, imtiyozli kredit olish kabi turli masalalarda murojaatlar yo‘llandi.
Har bir fuqaroning taklif va murojaatlari mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. Barcha murojaatlarga qonun doirasida tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, qolgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Eslatib o'tamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 130 marta