Bolalarga mehr ulashishdan chetda qolmang!
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikamizda bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi borasida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu bois viloyatimizda joriy yilning 3-dekabr kuni “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida respublikamiz bo‘ylab beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hurmatli Xorazm viloyat ahli, ushbu aksiyada faol ishtirok qilib, ko‘ngillilar qatorida onkologik va oq qon kasalligiga chalingan norasida bolajonlarni umrini saqlab qolishga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.
Aksiya viloyat Qon quyish markazida 3-dekabr kuni soat 08:00 dan-15 :00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Urganch shahar J.Manguberdi ko‘chasi 12-uy
Mo‘ljal: Viloyat Endokrinologiya markazi
: +998995640541
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 61 marta