Bog'-tok qator oralariga sabzavot, poliz ekinlarini ekish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi 

Gurlan tumanida bog‘-tok qator oralaridan samarali foydalanishni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Viloyat hamda tumanlardan sohaga tegishli tashkilotlar hodimlari va bog‘dorchilik-uzumchilik yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari ishtirok etdi.

Seminar davomida  “Odilbek bog‘bon olmalari” MChJ ning yer maydonida bog‘-tok qator oralariga bahor mavsumida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish bo‘yicha agronomlar tomonidan bog‘ va tokzorlarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarish qilish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 07, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 58 marta