Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi o’tkazildi

Gurlan tumani Mevazor mahalllasida joylashgan Madaniyat markazida bo’sh ish o’rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Unda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirok etib,  bu kabi mehnat yarmarkalarni tumandagi har bir sektorda o‘tkazish va ishsiz fuqarolarni ko‘proq qamrab olish kerakligini ta'kidladi.Mehnat yarmarkasida 68 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalar 1080 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.

Mehnat yarmarkasida jami 440 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Ishsiz va band bo’lmagan fuqarolardan 112 nafariga doimiy va mavsumiy ish oʻrinlariga yoʻllanmalar berildi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Aprel 15, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 405 marta