Bir nuroniyga — o‘n nafar yosh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi  PQ 92-sonli qarorida belgilangan "Bir nuroniyga — o‘n nafar yosh" loyihasi doirasida Gurlan tumani “Nurobod” mahallasidagi Madaniyat uyida o’quv-seminar o’tkazildi.

Tadbirda tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i R.Dosimov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman "Nuroniylar jamoatchilik kengashi" raisi K.O‘razmetov, nuroniylar, Yoshlar ishlari agentligi Gurlan tuman bo‘limi boshlig‘i Sh.Bekchanov MFY raislari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok qildi.

Seminarda mahallalarda nuroniylar tomonidan yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma’naviyatini yuksaltirish  borasida amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar, nuroniylar va yoshlar hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Mart 16, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 653 marta