Bir kasbni ikkinchi kasb bilan adashtirmang.
Pedagogik Psixologiya — ta’lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shart-sharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda o‘qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini kuchaytirishdan iboratdir.
Tibbiyot psixologiyasi – bemor kishi psixologiyasini o‘rganuvchi fan.
Tibbiy psixologiya - bu tibbiy ta’limning mustaqil bo‘limi bo‘lib, kasallik rivojlanishining turli bosqichlarida va tibbiy yordamdan foydalanishning turli sharoitlarida bemorlarda yuzaga keladigan psixologik muammolarni qamrab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 19-oktabrdagi 11-son buyrug‘iga ILOVA bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini ko‘radigan bo‘lsak, Pedagogika va psixologiya ta’lim kodi 70110102, ya’ni ta’lim yo‘nalishida ekanini, Tibbiy psixologiya esa ta’lim kodi 70910216, ya’ni sog‘liqni saqlash sohasida ekanini ko‘rishimiz mumkin.
Tibbiy psixolog lavozimlarida ishlash uchun qaerda o‘qish kerak?
Sog‘liqni saqlash vazirligining 12.07.2012-yildagi 170-sonli "Tibbiyot (tibbiyot) va farmasevtika mutaxassisliklari va lavozimlari nomenklaturasini, olingan ma’lumot darajasining Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarda to‘ldirish uchun mo‘ljallangan lavozimga muvofiqligini tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyrug‘ini (ruscha matnda) ko‘radigan bo‘lsak
psixatriya va tibbiy psixologiya yo‘nalishini bitirganlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashini, boshqa har qanday vrachlik yo‘nalishini tamomlaganlar esa birlamchi ixtisoslashtirishdan o‘tgan holda ishlashi mumkinligini ko‘rishimiz mumkin.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.K.Raxmatillayev
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 240 marta