Bag'ri keng O’zbekiston-umumiy uyimiz
Mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyul - «Xalqlar do‘stligi kuni» munosabati bilan turli xil madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Gurlan tumani Guliston Madaniyat uyida ham "Bag'ri keng O’zbekiston-umumiy uyimiz" deb nomlangan turli millat vakillari ishtirokida do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi.
Tumanda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, aholi o‘rtasida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ushbu tadbirda o‘zbek, rus, tatar, qozoq, tatar, kareys, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari o‘z milliy liboslarida milliy kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 1424 marta