Arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasiga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayramida aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida, Gurlan tumani hokimligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi tomonidan “Gurlan dehqon bozori” MChJda chorvachilik, parrandachilik, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mavjud arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi o‘z ish faoliyatini olib borilmoqda. 

Yarmarkada dehqon, fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, sut, tuxum, go‘sht kabi oziq-ovqat  mahsulotlari aholiga taqdim etilmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 30, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 31 marta