Armiya hayot maktabi

Gurlan tumani Vazir Madaniyat markazida "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida "Armiya hayot maktabi" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda, tumandan muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan va bugungi kunda turli sohalarda ish faoliyatini olib borayotgan fuqarolar hamda harbiy xizmatchilar chaqiriluvchilarga muddatli harbiy xizmatni o‘tagan davridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida, SHG'HO harbiy orkestrining hamda Okrug Qo‘shinlari tasarrufidagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovor chiqishlari ham namoyish etildi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Fevral 08, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 107 marta