Ajrim yoqasida turgan 3 ta oila yarashtirildi

Gurlan tumani ҳokimligida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan tushuntirish ishlari olib borish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar oilalardagi ajrimlarning kelib chiqish sabablari, yuzaga kelgan muammolarning yechimini topish, oila muqaddas, oila eng ulug‘ maskan ekanligi, oilalarning bo‘zilib ketishi farzandlar ta’lim tarbiyasiga yomon ta’sir qilishi va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni murosaga keltirib oilalarning buzulib ketishining oldini olish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

Yig‘ilishda yosh oilalar uchun "Ota" nomli qisqa metrajli ҳayotiy film ҳam qo‘yib berildi.

Shuningdek, oilaning muqaddasligi, farzandlarining kelajagiga ma’sulyat bilan qarashlari, ҳar qanday sharoitda ҳam sabrli bo‘lib oilaviy tinchlikning qadriga yetishlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida ajrim yoqasidagi 7 ta oiladan 3 tasining yarashtirilishiga erishildi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Iyul 19, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 569 marta