Ajrashgan oilalar yarashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabr kunidagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi Gurlan tuman bo‘limi tomonidan ajrashgan oilalarni tiklash, voyaga yetmagan farzandlarning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, byuroning Gurlan tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 19.07.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.B.dan undiruvchi N.B.ning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan to‘g‘ri huquqiy tushuntirish tadbirlaridan so‘ng ularning oilasi yarashtirilib, endilikda birga yashab hayot kechirishmoqda. Oddiygina aytganda, qarzdorning oilasini tiklashi, voyaga yetmagan farzandning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamayishiga erishildi.

Shuningdek bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor A.M.dan undiruvchi
Sh.Y.ning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirish to‘g‘rsidagi ijro hujjati bo‘yicha ham taraflar yarashuviga erishildi.

Endilikdan ushbu oilalarning 4 nafar farzandlari bag‘ri butun bo‘lib, mehrga to‘lib ulg‘ayadilar.

 

MIB Gurlan tuman bo‘limi

Davlat ijrochisi                                                         D.E.Matsapayev


Iyun 01, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 534 marta