Aholining dolzarb muammolari o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda

Gurlan tumanining og‘ir toifadagi infratuzilma bilan ta’minlanish darajasi past bo‘lgan mahallalarida muammolarni o‘rganib, mavjud muammoli masalalarni hal etish maqsadida Esabiy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda tuman hokimi Ruslan O‘razbayev va IIB vazirligi  mas’ul xodimi A.Ergashevlar ishtirok etib, aholining dolzarb muammo va takliflari o‘rganildi.

Aholi tomonidan turli mazmundagi murojaatlar yuzasidan qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligi bo‘yicha mutasaddi korxona va tashkilotlarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 26, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 18 marta