Aholini ro‘yhatga olish tamoyillari

  1. Xalqaro tavsiyalarga kora, aholini royxatga olish quyidagi muhim tamoyillarga asoslanadi:
  2. Markazlashtirish. Aholini royxatga olishni boshqarishning qat’iy markazlashtirilishi ushbu tadbirni muvaffaqiyatli otkazishning asosiy shartlaridan biridir.
  3. Aholini royxatga olishning muntazamligi. BMT tavsiyalariga kora, aholini royxatga olish 10 yilda 4.kamida bir marotaba otkazilishi belgilangan.

Aholini royxatga olish maxsus tayyorlangan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan otkazilishi. Mazkur tadbirni amalga oshirish uchun kop miqdorda maxsus xodimlar yollanadi, ularning tarkibiga ziyolilar, talabalar ham kiritilishi mumkin.

  1. Aholini royxatga olishni aniq bir muddatda otkazish.
    Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini royxatga olish bir necha kun davomida otkazilsa ham, ma’lumotlar aniq bir vaqtda – kopincha aholini royxatga olishning birinchi kunining 0 soatdagi holati boyicha qayd etiladi. Bu aholini royxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi.

Masalan, chaqaloq aholini royxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tugilgan bo’lsa, u aholi royxatiga kiritilmaydi. Lekin, kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bolib, shundan keyin, ya’ni aholini royxatga olish davrida vafot etsa, u aholi royxatiga kiritiladi.

  1. Aholini royxatga olishning belgilab qoyilgan aniq dasturining mavjudligi va tadbirni unga qat’iy rioya qilgan holda otkazish. Aholini royxatga olish dasturi – royxatga olishda muayyan talablarni hisobga olgan holda, aholiga murojaat qilinadigan savollar royxatini, ma’lumotlarni qayd etish, toplash, qayta ishlash, yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilish tartiblarini oz ichiga oladi.
  2. Aholining toliq qamrab olinishi. Aholini royxatga olishda kimdir unutib qoldirilishi yoki ikki marta royxatga olinishi hollari uchrasa ham, mavjud aholining royxatdan joy olinishini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi.
  3. Ma’lumotlarning maxfiyligi va shaxsiylashtirilishi. Aholini royxatga olishda individual asosda har bir shaxs togrisidagi yakka ma’lumotlar toplanadi. Shu bilan birga, respondentlardan olingan ma’lumotlarning nomsizligi kafolatlanadi. Aholini royxatga olish varaqasidan faqat natijalarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
  4. Ixtiyoriylik. Shaxs togrisidagi ma’lumotlar soralayotgan (respondent)ning javoblari (kichik yoshdagilar uchun – ota-onalari yoki ularning ornini bosadigan shaxslarning) asosida qayd qilinadi va buni hujjat bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

 

Gurlan tuman statistika bo‘limi


Oktabr 07, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 53 marta