Aholi bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Bugun Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tajribali shifokorlar ishtirokida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil qilindi.
Viloyatimizning barcha ixtisoslashgan tibbiyot markazlarining yetuk mutaxassislari tomonidan tumanimizning barcha hududlaridan kelgan fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma rentgen, ko‘chma mobil poliklinika, shuningdek, aholini ultra tovush tekshiruv qilish uchun zarur mutaxassislar va anjomlar jalb qilindi.
Tadbir davomida sog‘lom ovqatlanish, aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish borasida ko‘rgazmali chiqishlar xalqimizning sog‘lom hayoti va to'g‘ri ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish uchun zamin yaratdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, insonlar salomatligini saqlashda, kasalliklarning kelib chiqishi va oldini olishda o‘tkazilayotgan bunday tibbiy ko‘riklar muhim ahamiyat kasb etadi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Aprel 28, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 692 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 692 marta