Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy tavalludining 1050 yilligi

O‘rta asrda yashab ijod etgan mashhur olimlardan biri, xorazmlik buyuk alloma Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan  Ma’naviyat va marifat markazi tuman bo’linmasi, Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazi hodimlari va xalq ta’limiga qarashli 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi  o’quvchilari bilan hamkorlikda “Abu Rayhon Beruniy qomusiy olim” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida kutubxona xodimlari tomonidan buyuk allomamiz haqida,  ilm-fanga qo’shgan hissalari haqida o’quvchilarga ma’lumot berildi. Axborot – kutubxona markazi Axborot kommunikasiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan Abu Rayhon Beruniy haqida videorolik tayyorlandi va o’quvchilarga taqdim qilindi. Suhbat yakunida allomamiz haqida o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdilar.

 

Ma’naviyat va marifat markazi

tuman bo’linmasi bosh mutaxassisi                                              Sh.Sobirov


Fevral 24, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 327 marta