AHOLINI RO‘YXATGA OLISH NATIJASIDA OLINADIGAN MA’LUMOTLARNING AHAMIYAT JUDA MUHIM

Xiva shahrida 2021- yilning 1-25- noyabr kunlari o‘tkazilgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri davomida qog‘oz shaklida yig‘ilgan axborotlar viloyat statistika boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazida 13 nafar operator tomonidan 2022- yil 1- aprelga qadar elektron tizimga joylashtiriladi.

Shu o‘rinda aytish o‘rinliki, 2021- yilning 6-10 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali Xiva shahrida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1 301 kishini (1,5 foiz) tashkil etgan bo‘lsa, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, shaharda umumiy hisobda 17,5 mingta xonadonda 89,3 ming kishi ro‘yxatga olindi. Respublikaning tadbir o‘tkazilgan 4 ta hududi bo‘yicha  jami 138,8 mingta xonadonda 585 ming kishi ro‘yxatga olingan.

 

Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish 2023- yilda o‘tkaziladigan asosiy tadbirdan oldin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish va puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifasini bajardi.

O‘z navbatida aholini yalpi ro‘yxatga olish natijalari milliy barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, xalqaro reytinglar va indekslarda, jumladan, Statistika salohiyati indeksi, Inson barkamolligi indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi kabilarda mamlakatimizning o‘rnini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, ro‘yxatga olish natijalari xorijiy investorlarni kengroq jalb qilish, investitsion muhitni yanada yaxshilash, turizm salohiyatini oshirish, iqtisodiyot yuksalishi va pirovardida aholimizning farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

 

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati


Yanvar 06, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 631 marta