8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami keng nishonlandi

8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan Gurlan tumanidagi muhtasham «Yakkasaroy» to‘yxonasida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir avvalida Gurlan tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov va nuroniylar so‘zga chiqib, tumanimizdagi barcha muhtarama onaxonlarimiz, aziz opa-singillarimiz va dilbar qizlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladi.

 

Shundan so‘ng, bir guruh faol xotin-qizlarga tumanimiz rivojiga qo‘shgan munosib hissasi va samarali mehnatlari uchun tuman hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Tadbir davomida viloyatimizdan tashrif buyurgan xushovoz xonandalar, tumanimizdagi yosh iste’dod egalari  o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari  bilan ayollarimizga bayram  kayfiyati ulashdilar.

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Mart 06, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 324 marta