3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyusiyasiga muvofiq, butun dunyo bo‘ylab har yili 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida nishonlanadi.

Ushbu sana munosabati bilan Gurlan tuman hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Nogironlar” jamiyati va Kasaba uyushmasi tomonidan bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 02, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 71 marta