3 DEKABR-XALQARO NOGIRONLAR KUNI
«O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili «3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni» sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.
Keling, aziz vatandoshlar!
«Savob ishni har kun, har birimiz qilaylik!» hamda ko'makka muhtoj, ko'ngli yarim insonlarga yordam berish har qanday sog'lom insonning burchi ekanini unutmaylik!
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 797 marta