25 TA MAHALLA FUQAROLAR YIG'INIGA KOMPYUTER JAMLANMALARI TOPSHIRILDI

Bugungi kunda hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini samarali tashkil etish uchun, avvalo, ularning moddiy texnika bazasini rivojlantirish, xodimlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish eng muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda xodimlarning mehnatini munosib rag'batlantirish va moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash maqsadida Gurlan tumanida 25 ta mahalla fuqarolar yig'inining har biriga zamonaviy kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 20, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 671 marta