22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni

22-mart mamlakatimizda “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi.
Bu kasb – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki bizning mahoratimiz, malakamiz, mas’uliyatimiz insonlarning, oilalarning taqdirida muhim o‘rin egallaydi.
Ulkan vazifalarni sharaf bilan bajarishga kamarbasta bo‘lgan siz azizlarni, o‘z kasbiga fidoyi bo‘lgan kasb egalarini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” bilan chin yurakdan samimiy qutlaymiz va Vatan, oila, xalq xizmati yo‘lidagi samarali ishlaringiz hamisha bardavom bo‘lishini tilaymiz.
Barchangizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va ulkan marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 32 marta