22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni
22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatimizda mahallaning o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi samarali xizmatlari uchun bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning orden va medallari hamda "Mahalla iftixori" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandilar. Jumladan, viloyatimizdan Bog‘ot tumanidagi "Ko‘nabirlashuv" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Maxmudjon Masharipov va Tuproqqal’a tumanidagi "Navbahor" mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Nafosat Allaberganova "Shuhrat" medali bilan, mahalla tizimi xodimlaridan 14 nafari "Mahalla iftixori" ko‘krak nishoni, shuningdek, bir guruh mahalla faollari viloyat hokimining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 221 marta