2025-2026-yillarda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

1.Aholini ro‘yxatga olish zarurati faqat demografik ko‘rsatkichlar bilan chegaralanib qoladimi?
Aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir sanada O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi.
2.Shuningdek, ro‘yxatga olish nimani beradi?
Aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash bo‘yicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
3.Joriy yilda Axolini ro‘yxatga olish bo‘yicha nimalarni ko‘zda tutilmoqda?
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish 2025-2026 yillarga mo‘ljallanyapti. Bu haqda 2024 yil 4 mart kuni Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
PQni qabul qilinishi bilan amalga oshirilgan o‘zgarishlar
- Yo‘l xaritasida 2024-yil davomida agentlik aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettirishi belgilab berildi.
Jumladan:
- aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar namunalari tayyorlandi;
- 2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllari takomillashtirildi;
- xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimi takomillashtirildi;
- «STATA» amaliy dasturiy paketi litsenziyasi xarid qilinib, unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalari shakllantirildi;
- tanlanma ravishda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasi ishlab chiqildi.
Aholini ro‘yxatga olish esa 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi, natijalar 2026−2027-yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi belgilangan.
Gurlan tuman statistika bo’limi
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 204 marta