Gurlan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Alisher O‘rozboyevning 2024-yil oktabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish orqali yangi institut “Mahalla yettiligi” tashkil qilinishini ta’kidlagandilar. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab, mahalla byudjetini shakllantirish hamda ularda shakllanadigan mablag‘larni “mahalla yettiligi”ning kengash qarorlari orqali infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish belgilandi.
Ayni paytda Gurlan tumanidagi 50 ta mahallaga 18 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuklatilgan.
“Mahalla yettiligi” institutining shakllanishi orqali soliq inspektorlari mahalladagi har bir soliq to‘lovchi xonadoniga kirib bormoqda, tadbirkorlik sub’ekti bilan uchrashib, uning muammosini o‘rganyapti, soliq sohasidagi o‘zgarishlarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldi olinmoqda.
Gurlan tumani soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida o‘tgan o‘n oy davomida 477 ta korxonadagi 1302 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 20 ta savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 51 nafar, 78 ta ishlab chiqarish korxonalarida 233 nafar, 7 ta qurilish korxonalarida 47 nafar hamda 149 ta qishloq xo‘jaligi sohasida 407 nafar, shuningdek, 238 ta xizmat ko‘rsatish korxonalarida 564 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi.
Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ana shunday 257 ta korxonaning faoliyati tiklandi, 23 ta bo‘sh ob’ektlar ishga tushirilishi natijasida 27 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, mahalla yettiligi bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash maqsadida tumanda 10330 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi va muayyan faoliyat turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.
Mahallabay tizimning yaratilishi natijasida 2 mlrd 173 mln so‘m miqdoridaga qo‘shimcha manba aniqlandi.
Joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida 13 mlrd 306 mln so‘m miqdoridagi jismoniy shaxslarning turar joy ob’ektlari bo‘yicha soliqlar undirilishi ta’minlandi. Natijada yig‘ilgan summaning 10 foizi ya’ni 1 mlrd 330 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar mahalla byudjetiga qoldirildi.
Ta’kidlash lozim, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati samaradorligi maxsus KPI (KPI) dasturi orqali baholanadi va natijasiga qarab rag‘batlantiriladi hamda past ko‘rsatkichli xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi.
Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 31 marta