2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan matbuot anjumani
Gurlan tumani hokimligida ko‘p kvartirali uylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlab chiqilgan manzilli dastur asosida tizimli ishlar muhokama qilindi.
Matbuot anjumani ishtirokchilari o’zlari qiziqtirgan savollarga soha mutaxasislari tomonidan javoblar oldilar.
Joriy yilning 23-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022-2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlash to‘g‘risida” gi 522-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan respublikada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha isitish mavsumini barqaror o‘tishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 499 marta