14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Bugun Gurlan tumanida 14-yanvar  – “Vatan himoyachilari kuni”  munosabati bilan  bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga tuman hokimligi, prokuratura, ichki ishlar  va mudofaa bo‘limi xodimlari, mehnat faxriylari, nuroniylar taklif etildi.

Tadbirda tuman hokimi Ruslan O’razbayev so‘zga chiqib, Ona yurtimiz tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan vatanparvarlarni, xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiylarni “14 - yanvar – Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi  bilan muborakbod etdi.

Shundan so‘ng,  vatanimiz tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh  harbiylar, 9203-harbiy qism harbiy xizmatchilari, huquq-tartibot organi xodimlari faxriy yorliq  hamda  qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 13, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 70 marta