14-YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Shovot tumanidagi 9203-harbiy qism harbiy xizmatchilari va oila a’zolari uchun Gurlan tumani hokimligi tomonidan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlab, tinchligimizni asrash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun bir guruh harbiy xizmatchilarga tashakkurnoma va bayram sovg‘alari taqdim etildi.
Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilar uchun tuman madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 727 marta